



# XON ATLAS — 2024
Yorqin, nafis va serjilo: «Xon atlas — 2024» Toshkent imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 1-son kasb-hunar maktabida «Xon atlas — 2024» festivali o’tkazildi.
Festival doirasida o’quvchi-qizlar tomonidan liboslar namoyishi bo’lib o’tdi. Shuningdek, o’quvchi-yoshlar milliy libos «Xon atlas» tarixi haqida so’zlab berishdi, she’r va kuy-qo’shiqlarni mahorat bilan ijro etishdi.
