Qabul haqida ma’lumot 
TOSHKENT IMKONIYATI CHEKLANGAN SHAXSLAR UCHUN IXTISOSLASHTIRILGAN 1-SON KASB-HUNAR MAKTABIGA O'QISHGA TAKLIF QILAMIZ.

Kasb-hunar maktabidagi kasb yo’nalishlari:

Toshkent imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 1-son kasb-hunar maktabi 9 – sinfini tugatgan imkoniyatlari cheklangan zaif eshituvchi va kar soqov, ko’zi ojiz, harakati tayanch a’zolarida nuqsoni bo’lgan hamda umumiy kasalliklardagi o’quvchilarni o’qishga qabul qiladi. 
Quyidagi yo’naishlar:
  1. Tikuvchi-zaif eshituvchilar hamda harakat tayanch a’zolarida nuqsoni bo’lgan o’quvchilar
  2. Apparat va dasturiy ta’minot sozlovchisi ko’zi ojizlar hamda tayanch harakat a’zolarida nuqsoni bo’lgan o’quvchilar 
  3. Teleradioapparaturalarni ta’mirlash 
  4. To’qish jihozlari operatori-ko’zi ojizlar 
  5. Maishiy texnika jihozlarini ta’mirlash 
  6. Poyabzal ishlari (keng profilli); 
  7. Bog’ – istirohat bog’i va landshaft qurilishi ustasi 
  8. Sotuvchi, nazoratchi – kassir 
Tel: 712635027,  9460660-37,  936898886 

Kasb – hunar maktabida o’quvchilarning ta’lim olishlari uchun barcha shart – sharoitlar yaratilgan bo’lib, jumladan 3 mahal issiq ovqat hamda turar joy bilan bepul ta’minlanadi.

O'QISHGA QABUL UCHUN QUYIDAGI HUJJATLAR KERAK BOLADI.

  1. Direktor nomiga ariza;
  2. Tibbiy mehnat ekspertiza komissiyasi (TMEK) ma’lumotnomasi;
  3. 9-sinfni tugatganligi to’g’risida shahodatnoma (asli);
  4. 086 va 068 shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
  5. 3×4 o‘lchamdagi 6 dona fotosurat;
  6. Pasport yoki tog‘ilganligi haqida guvohnoma nusxasi.

BIZ BILAN ALOQA