





25-may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Toshkent shahridagi imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 1- va 2-son kasb-hunar maktablariga borib, u yerda o‘quvchilarning ta’lim va tarbiyasi uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Kasb-hunar maktablarining oshxona, ustaxona, o‘quv va tikuv xonalari hamda yotoqxonalarini ko‘zdan kechirib, mavjud muammolar o‘rganildi. Vazir binolarni ta’mirlash, yangi uskunalar bilan jihozlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.
I.Abdurahmonov shuningdek, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari bilan ham suhbatlashib, ularning qiziqishlari, reja va yutuqlari bilan qiziqdi.
Samimiy suhbat davomida vazir sifatli ta’lim olish, jamiyatda o‘z o‘rnini topishga intilayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishini bildirdi.
