Joriy yilning 2-noyabr kuni Ijtimoiy himoya direktori Mansurbek Olloyorov raxbarligidagi ishchi guruh Mirzo-Ulug‘bek tumanidagi Toshkent imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 1-son kasb-hunar maktabida bo‘lib, maktab tarbiyalanuvchilari va pedagod-psixologlar jamoasi bilan muassasada mavjud sharoitlar va o‘quvchilarning tahsil olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi.

Shuningdek, muassasa tarbiyalanayotgan o‘quvchilar bilan o‘tkazilgan suhbat davomida ularning ijtimoiylashuvi yuzasidan qo‘shimcha qulayliklar yaratish bo‘yicha fikr almashildi.