🪐O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufudagi Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumida 2025 yil 24 — fevral kuni paravelosporti bo’yicha ikki karra O’zbekiston chempioni, uch karra Osiyo chempioni Qosimova Azizaxon bilan o’quvchilar o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

🚵‍♀Uchrashuv davomida parasportga prezidentimiz va davlatimiz tomonidan e’tibor haqida alohida to’xtalib o’tildi. Qosimova Azizaxon maxsus texnikumda o’zi ham tahsil olganini maxsus texnikum rahbariyati va ustozlariga minnatdorchiligini e’tirof qilib o’tdi.

🔋O’quvchilar uchrashuvdan katta taassurotlar olishdi.