


Bugun Mirzo Ulug‘bek tuman hokimi Boxodir Gaibnazarov ijtimoiy soha muassasalarida ham bo‘ldi
➡️ Tuman hokimi dast avval “Munavvarqori” mahallasi hududidagi Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumida bo‘ldi. Muassasaning imkoniyatlari, yoshlarning qiziqishlari va ular uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. O‘quvchilarning to‘garaklardagi ishtiroki, dars soatlari, tikish-bichish sohasi, kutubxona va o‘quvchilar turar joyi bilan tanishar ekan, ular bilan suhbat ham qurdilar.
