💎Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumda

⚜️»Ma’rifatli ayol-jamiyat ko’zgusi» nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil qilindi.

✨Tadbirga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, «Shuhrat» medali va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi» ko‘krak nishoni sohibasi shoira  Guljamol Asqarova tashrif buyurdi.

💫Tadbir ko‘tarinki ruhda, samimiy va ilhomga boy tarzda tashkil etildi. Shoiraning hayot yo‘li, ijod sirlariga doir fikrlari hamda she’riyatga bo‘lgan muhabbati o‘quvchi-yoshlarimiz qalbida katta taassurot qoldirdi.

📝Har bir aytilgan so‘z, har bir o‘qilgan satr zalga o‘zgacha iliqlik va ruhiy quvvat baxsh etdi.

✨ Mazkur uchrashuv qalblarni birlashtirgan, ilhom va motivatsiya ulashgan unutilmas ma’naviy lahzalarga aylandi.

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *