🌍Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumida M. Ulug‘bek tumani Nuroniylar jamiyati raisi muovini, a’zolari hamda “Munavvar qori” MFY raisi tashrif buyurishdi. Ushbu tashrif doirasida muassasamizda “Uch avlod” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

🪐Mazkur tadbirda nuroniylar, ustozlar va o‘quvchi-yoshlar ishtirok etib, avlodlar o‘rtasidagi uzviylik, o‘zaro hurmat va milliy qadriyatlar haqida samimiy suhbat olib borildi.

🌟Keksalar tomonidan yoshlarga hayotiy tajribalar, ibratli voqealar va foydali maslahatlar berildi. O‘z navbatida yoshlar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

💫Uchrashuv davomida vatanparvarlik, kattalarga hurmat, kichiklarga g‘amxo‘rlik, ilm olishning ahamiyati kabi muhim mavzular alohida ta’kidlab o‘tildi.

✨Tadbir ko‘tarinki ruhda, iliq va samimiy muhitda o‘tdi.

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *