Maktabimizda 10 fevral sanasida buyuk shoirimiz Mir Alisher Navoiyi tavalludiga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi.

Ta’lim muassasamizda 10 fevral sanasida buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat arbobi Alisher Navoiyning tavalludining 582 yilligiga baģishlab «Barhayot siymolari» deb nomlangan tadbir bòlib òtdi. Tadbirda Qibray tumani 2-sonli san’at musiqa maktabi hamda Qibray tumanidagi kòzi ojizlar kutubxonasi ishtirok etishdi.
Mir Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin tutadi.