Qabul haqida ma’lumot
TOSHKENT IMKONIYATI CHEKLANGAN SHAXSLAR UCHUN IXTISOSLASHTIRILGAN 1-SON KASB-HUNAR MAKTABIGA O'QISHGA TAKLIF QILAMIZ.

Kasb-hunar maktabidagi kasb yo’nalishlari:
Toshkent imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 1-son kasb-hunar maktabi 9 – sinfini tugatgan imkoniyatlari cheklangan zaif eshituvchi va kar soqov, ko’zi ojiz, harakati tayanch a’zolarida nuqsoni bo’lgan hamda umumiy kasalliklardagi o’quvchilarni o’qishga qabul qiladi.
Quyidagi yo’naishlar:
- Tikuvchi-zaif eshituvchilar hamda harakat tayanch a’zolarida nuqsoni bo’lgan o’quvchilar
- Apparat va dasturiy ta’minot sozlovchisi ko’zi ojizlar hamda tayanch harakat a’zolarida nuqsoni bo’lgan o’quvchilar
- Teleradioapparaturalarni ta’mirlash
- To’qish jihozlari operatori-ko’zi ojizlar
- Maishiy texnika jihozlarini ta’mirlash
- Poyabzal ishlari (keng profilli);
- Bog’ – istirohat bog’i va landshaft qurilishi ustasi
- Sotuvchi, nazoratchi – kassir
Tel: 712635027, 9460660-37, 936898886
Kasb – hunar maktabida o’quvchilarning ta’lim olishlari uchun barcha shart – sharoitlar yaratilgan bo’lib, jumladan 3 mahal issiq ovqat hamda turar joy bilan bepul ta’minlanadi.
O'QISHGA QABUL UCHUN QUYIDAGI HUJJATLAR KERAK BOLADI.
Direktor nomiga ariza;
Tibbiy mehnat ekspertiza komissiyasi (TMEK) ma’lumotnomasi;
9-sinfni tugatganligi to’g’risida shahodatnoma (asli);
086 va 068 shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
3×4 o‘lchamdagi 6 dona fotosurat;
Pasport yoki tog‘ilganligi haqida guvohnoma nusxasi.
BIZ BILAN ALOQA
- +99871 263 50 31
- Oymariq 4, Mirzo Ulugbek tumani, Toshkent shahar
-
Ish kunlari:
Dushanba-Juma: 8:30 - 16:30
Shanba: 8:00 - 14:30
Yakshanba: dam olish kuni -
Email:kasbhunar2015@umail.uz
