Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Toshkent shahar boshqarmasi hamda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi tomonidan Toshkent imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 1-son kasb-hunar maktabining o‘qituvchilari va o‘quvchilari uchun Samarqand shahriga sayoxat tashkil etildi.

O‘quvchilarimiz Samarqand shahridagi Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, “Imom Al-Buxoriy” va O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov yodgorlik majmuasi, “Go‘ri Amir” va “Bibixonim” maqbarasi hamda Registon maydoniga tashrif buyurdilar.
1-son kasb-hunar maktabining o‘qituvchilari va o‘quvchilari katta taassurotlar bilan xursand bo’lib qaytishdi va tashkilotchilarga o’z minnatdorchiligini bildirishdi.