


2023-yil 7-noyabr kuni Toshkent imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 1-son kasb-hunar maktabiga Xitoy Xalq Demokratik Respublikasining Nanjing Normal universitetidan professor Tan Chjun boshchiligida delegatsiya tashrif buyurdi.
Delegatsiya vakillari kasb-hunar maktabida o‘qitilayotgan kasblar, ta’lim-tarbiya jarayonini yo‘lga qo‘yilganligi, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari tashkil etilganligi, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yuqori e’tirof etishdilar.
Tashrif davomida delegatsiya a’zolari bilan kasb-hunar maktabi ma’muriyati xodimlari o‘rtasida davra suhbati tashkil etildi. Nanjing Normal universiteti hamda kasb-hunar maktabi o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik shartnomalari tuzish, kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga kelishib olindi.
