



Xorazmga sayohat.
Toshkent imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 1-son kasb-hunar maktabi rahbariyat va pedagog xodimlari bilan birgalikda 2024 yil 18-19-may kunlari Xorazm viloyati Xiva shahriga sayohat uyushtirildi. Sayohat ko’tarinki kayfiyatda mazmunli, qiziqarli va maroqli tashkillashtirildi.
Ta’lim muassasasi xodimlari Xiva shahrining tarixiy, diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilishdi. Jumladan, Ichan-Qal’a tarixiy me’moriy obida ichida joylashgan 3 avliyo maqbarasi, Said Alouddin maqbarasi, Pahlavon Mahmud maqbarasi, Juma masjidi, Polvon qori madrasasi va minorasi, Oq-masjid, Kalta Minor minorasiga tashrif buyurdilar.
Sayohatdan juda katta taassurotlar bilan xursand bo’lib qaytishdi.
Tashkilotchilarga o’z minnatdorchiliklarini bildirib qolishdi.
