🌍 Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumida “O‘zbekiston Respublikasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulotda vaziyatlar va ular yuz berganda aholining harakatlari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

🪐 Seminar davomida maxsus fan o‘qituvchisi A. Chorshanbiev tomonidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfli holatlarning turlari, ularning oldini olish choralari hamda bunday vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha muhim ma’lumotlar berildi.

💫 Shuningdek, o‘quv binosi va o‘quvchi-yoshlar yotoqxonasida nogironligi bo‘lgan o‘quvchilarning xavfsizligini ta’minlash, ular xavfli holatlarga duch kelganda to‘g‘ri va tezkor harakat qilishi yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

🌟 Mazkur seminar-trening o‘quvchi-yoshlarning turli xavfli vaziyatlarda o‘zini tutish madaniyatini oshirish, xavfsizlik qoidalarini chuqurroq o‘zlashtirish hamda zarur ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qildi.

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *