📅 Joriy yilning 11-mart sanasida ta’lim muassasasi psixologlari M. Mirzahamdamova va S. Xidirovalar tomonidan o‘qituvchilar uchun “Psixologik stressni paydo qiluvchi omillar” mavzusida o‘yin-trening mashg‘uloti tashkil etildi.

🧠 Trening davomida o‘qituvchilar faoliyatida uchrashi mumkin bo‘lgan stress omillari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Xususan, o‘quvchilar bilan doimiy muloqot qilish, hujjatlar bilan ishlash, ota-onalar bilan aloqalar olib borish hamda kasbiy faoliyatdagi turli vazifalar sabab yuzaga keladigan psixologik zo‘riqish holatlari va ularning oldini olish usullari muhokama qilindi.

🤝 Mashg‘ulot davomida o‘qituvchilar bilan ochiq muloqot olib borilib, psixologik muvozanatni saqlashga yordam beruvchi turli amaliy o‘yin va mashqlar tashkil etildi. Jumladan, “Kayfiyat termometri”, “Tanishuv aylanasi” hamda “Stressni chaqirish” nomli psixologik o‘yinlar o‘tkazildi.

✨ Trening jarayonida o‘qituvchilar faol ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar. Ushbu mashg‘ulotlar ularda ijobiy kayfiyatni shakllantirish, jamoada erkin muloqot qilish hamda psixologik barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.

🌱 Mazkur trening mashg‘uloti o‘qituvchilarning psixologik salomatligini mustahkamlash, stressni boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish va ish samaradorligini oshirishga qaratildi.

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *